Tramp Xitoydagi uyg‘urlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp 17 iyun kuni Xitoydagi uyg‘urlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdi. Qonun Xitoy amaldorlariga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini nazarda tutadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Shinjon-Uyg‘ur avtonom respublikasidagi uyg‘ur va boshqa musulmon millatlarning huquq va erkinliklarini cheklagan Xitoy amaldorlariga nisbatan sanksiyalar joriy etishga imkon beruvchi qonun loyihasini o‘tgan oyda Amerika kongressining har ikkala palatasi qo‘llagan edi.

G‘arb davlatlari va turli gumanitar tashkilotlar Xitoy hukumatini, Shinjon avtonom respublikasining mahalliy aholisi hisoblangan uyg‘ur va boshqa musulmon xalqlari huquq va erkinliklarini cheklayotganlikda ayblab kelmoqda.

Bunga javoban rasmiy Pekin uyg‘urlar zaruriy dunyoviy bilimlarni olishi va turli ektremistik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun maxsus qayta tarbiyalash maskanlariga yuborilayotganligini ta’kidlab kelmoqda.