Tramp Xitoyni qancha kompaniyalar tark etishni rejalashtirgani haqida aytdi

13 foizga yaqin kompaniyalar Xitoyni tark etishni rejalashtirgan, AQSh Prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga shu haqda ma’lumot berdi.

“Men xozirgina 13 foiz kompaniyalar yaqin kelajakda Xitoyni tark etishni rejalashtirayotgani haqida yangiliklarda ko‘rdim. Bu katta mavzu. Va men bundan xayratlanganim yo‘q. Fikrimcha, raqamlar bundan-da ko‘proq bo‘ladi, chunki ular (Xitoy) qo‘shimcha soliqlar bo‘yicha raqobatlasha olishmaydi. Ular o‘z valyutasini devalvatsiya qilishdi va pullarini sarflashyapti (iqtisodiyotga)”, - ta’kidladi u.

Tramp so‘z Amerika kompaniyalari haqida borayaptimi yoki umumiy xorijiy kompaniyalar haqida borayaptimi bunga aniqlik kiritmadi.

Oldinroq Tramp, 1 sentyabrdan boshlab AQSh Xitoydan kelgan 300 milliard dollarga teng mahsulotlarga nisbatan qo‘shimcha soliqlar rejalashtirilganidek 10 foiz emas, 15 foiz ko‘tarilishi haqida, yiliga 250 milliard dollarga teng boshqa guruh mahsulotlariga nisbatan esa 1 oktyabrdan qo‘shimcha soliqlar 25  emas 30 foizni tashkil qilishini aytgan edi.

2018 yildan beri AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo shartlari bo‘yicha uzluksiz olib borilayotgan muzokaralar, o‘zaro qo‘shimcha soliqlarning ko‘tarilishi oqibatida  ayni vaqtda to‘xtatilgan.

Navbatdagi kelishmovchilikdan so‘ng, Tramp Xitoy AQSh savdo vakillari bilan aloqaga chiqqanini va muzokaralarga kirishishga qaytish istagini bildirganligini ta’kidlagan edi.  Amerika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha muzokaralar tez kunlarda boshlanishi kerak.  Xitoy ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi va AQSh olib borayotgan xato xarakatlaridan voz kechishiga va savdo maslahatlarini yangilash uchun sharoit yaratib berishiga umid bildirdi.

AQSh va Xitoy o‘rtasida boshlangan, iqtisodiy urush darajasiga yetgan muzokaralarga butun dunyo jamoatchiligining e’tibori qaratilgan.