Trampning sobiq mehmonxonasini buzish huquqi auksionga qo‘yiladi
AQSh prezidenti Donald Trampga avval tegishli bo‘lgan «Trump Plaza» mehmonxona va ichidagi kazino yo‘naltirilgan portlatish orqali buziladi. Atlantik City (Nyu-Jersi) shahri ma’murlari bunday huquqni kimoshdi savdosiga qo‘ymoqchi. Bu shahar meri Marti Smollning Facyebookdagi nutqidan ma’lum bo‘ldi.
«Biz ushbu binoni Trampning o‘tmishi sifatida buzmoqchimiz. Tramp bankrotlik to‘g‘risidagi qonunlardan foydalanib, Atlantik-Siti shahrida katta pul topdi. Keyin esa shahar va uning aholisini o‘z holiga tashlab qo‘ydi», dedi Smoll. Bino buzilishi AQSh prezidentlik saylovida respublikachilar partiyasining mag‘lubiyatiga nisbatan belgilanmoqda.
Auksiondan yig‘ilgan mablag‘ o‘smirlarni kasb-hunar o‘rgatishga sarflanadi.
«Trump Plaza» 31 dekabrda buzilishi kerak edi. Ammo bu 2021 yil fevralga qoldirildi. Bino 2014 yildan beri yopiq bo‘lib, ayni paytda 84 yoshli milliarder Kard Ikanga tegishli. Bu Tramp imperiyasining yagona imorati emas. Bir paytlar milliarder shunday «Trump Plaza»lardan 6 tasini qurdirgan bo‘lib, ulardan biri Isroilda.