Tug‘ma qobiliyat egasi
Buyuk fransuz fizigi va matematigi Andre-Mari Amper tug‘ma qobiliyat egasi bo‘lganini kamdan-kam odam biladi. U matematikaga hayratomuz qobiliyati bilan birga mutolaga haddan tashqari o‘chligi bilan ajralib turgan.
1775 yilda Fransiyaning Lion shahrida tug‘ilgan Andre-Mari 7-8 yoshlarida tom-tom kitoblarni o‘qib chiqishga ulgurgan, buning ustiga ensiklopediyalarni ham mehr bilan o‘rgangan.
Shunisi hayratliki, ko‘p yillar o‘tgandan keyin ham o‘qib chiqqan kitoblarini so‘zma-so‘z takrorlay olgan.
Biroq matematika uning sevgan sohasi bo‘lib qoldi. 11 yoshida Amper Lagranjoning mashhur “Tahliliy mexanika“ asaridagi murakkab masalalarni mustaqil ravishda tahlil qilib, osonlik bilan yecha olardi. Yosh matematikning bu iste’dodi yillar davomida yo‘qolmadi. Amper matematikada inqilob yasadi, ximiya bo‘yicha qator risolalar yozdi va elektrodinamikaning fundamental qonunlarini kashf qildi. Uning tug‘ma qobiliyati she’riyat va ruhshunoslik nazariyalarini yaratishda ham namoyon bo‘ldi.
Shuning uchun ham bugun u yaratgan Amper qonuni, ya’ni bir-biridan muayyan masofada joylashgan o‘tkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki elektr tokining o‘zaro mexanik ta’siri haqidagi qonun insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Bu Andre-Mari Amperning tug‘ma qobiliyati mevasi edi.
T.Shomurodov tayyorladi.