Tuman gazetalari tahririyati ahvoliga viloyat hokimi e’tibor qaratdi
- 25.06.2019 09:41
- 573
- Samarqand
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov rahbarligida bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi bosma ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi, mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
- Tuman va shahar gazetasi o‘sha hudud hokimining, muassisining yuzi, - dedi E.Turdimov. - Hokimlar o‘z gazetasiga ana shu nuqtai nazardan qarashi kerak. O‘z siyosatini gazetasi orqali targ‘ib etishi zarur.
Viloyat hokimi gazetalarda balandparvoz gaplardan qochib, hududdagi real hayotni ko‘rsatish, tanqidiy-tahliliy materiallar berish kerakligiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, yig‘ilishda gazetalarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
E.Turdimov hudud rahbarlaridan gazetani qachon, qaysi materialni o‘qiganligini so‘radi. Shuningdek, gazetalarning obunachilarga yetkazilishi masalasi muhokama etildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa