“Turing, sud maslahatchilari kelyapti!”
25 ming kishilik marafon
Moskvada koronavirus cheklovlari olib tashlangach, birinchi keng qamrovli marafon o‘tkazildi.
Unda 25 ming professional sportchilar va yugurish ishqibozlari ishtirok etdi. Yugurish uchun ikki standart masofa - 42,2 kilometr va qisqartirilgan 10 kilometr tanlandi. Marafon oldidan barcha ishtirokchilar chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayollar o‘rtasidagi Trofimova o‘zining ilgari marafondagi natijasini 29 sekundga yaxshiladi: 42,2 kilometr masofani 2 soatu 28 minut 2 sekundda bosib o‘tdi.
Qo‘ziqorinni kim ko‘p teradi?
Skandinaviya mamlakatlari –Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Sharqiy Yevropada xuddi Rossiyadagidek qo‘ziqorin terishadi va g‘amlab olishadi.
Tansiq mahsulotni terish, shuningdek Fransiya, Ispaniya, Italiyada ham ommalashgan. Greklarda esa qadimdan turli qo‘ziqorinlarni terish va ulardan mazali yegulik tayyorlash an’anaga aylangan. Yaponiya, Xitoy, Koreya, Vetnam va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham turli qo‘ziqorinlarni terish va iste’mol qilish an’anaga aylangan.
Qo‘ziqorinlar oqsilga va uglevodlarga boy bo‘lib, inson organizmi uchun juda foydalidir. Biroq ularning zaharlilaridan ehtiyot bo‘lish zarur. Hozirda qo‘ziqorinlarni issiqxonalarda ham yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
“O‘tmishga sayohat”
Bu har bir insonga xos va tanish tashvishli hissiyot.
“Bu yerda qachonlardir bo‘lgansiz yoki notanish kimsa bilan gurunglashgansiz”. “Ushbu g‘alati ahvolga 60-80 foiz odamlar tushishadi. Bu miyada mudroq neyronlarni uyg‘onishi, hayot qiyinchiliklari va boshqa sabablar tufayli ro‘y beradi, deydi Rossiya zamonaviy psixotexnologiya maktabi direktori Aleksandr Mirmii. –Qisqa lahzada bir nuqtada o‘tmish va hozirgi tasavvurlar to‘qnash keladi: “Buni ko‘rganman yoki bu yerda bo‘lganman” degan xayolga kelamiz.
Shunday bo‘ladiki, tashvishlanish tufayli irsiy xotiramiz qa’ridan bizga tanish obrazlar yuzaga qalqib chiqadi. Boshdan kechirgan voqealar ichki hissiyot va hayajondan xotiramizda qayta jonlanadi. Bunday xususiyatlar qandaydir duch kelishimiz mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklardan ogoh qilishi ham mumkin.
“O‘rningizdan turing, sud maslahatchilari kelyapti...”
Bu xitob fuqarolik jamiyati rivojlangan mamlakatlarda jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda tobora ko‘proq yangramoqda.
AQShda har qanday ish sudda javobgar yoki da’vogar xohishiga ko‘ra, sud maslahatchilari tomonidan ko‘rib chiqiladi. U yerda maslahatchilar ishtirokida yiliga 120 mingta ish ko‘rib chiqiladi. Bu dunyodagi jarayonlarning 90 foiz tashkil etadi. Jamoatchilik tomonidan saylangan sud maslahatchilarining ishni adolatli ko‘rib chiqishdagi faoliyati fuqarolarning tobora ko‘proq ishonchini qozonmoqda.
“AiF” (2020 y, 39-son) dan
T.Murod tayyorladi.