Turkiya IIV Mersindagi terakt haqida xabar berdi

Turkiyaning Mersin shahrida politsiya binosiga qurolli hujum uyushtirildi, bir kishi halok bo‘ldi, rasmiylar voqeani terakt sifatida baholadi, deb xabar bermoqda A Haber telekanali.

“Taxminan 23:00 Mersin shahrining Mezitli tumanida noma’lum shaxslar politsiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirdi”, ma’lumot beradi telekanal.

Masofadan boshqariladigan qo‘lbola bomba portlagani aytilmoqda.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu terakt oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lganini, yana bir huquq-tartibot xodimi og‘ir yaralanganini ma’lum qildi.

“Buning ortida qaysi terrorchilik tashkiloti turgani allaqachon ma’lum”, deya vazir so‘zlaridan iqtibos keltirgan Anadolu agentligi.