Turkiya Ozarbayjonga qo‘shin yuborishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Anqara Tog‘li Qorabog‘ ziddiyatida Bokuni qo‘llash uchun Ozarbayjonga qo‘shin yuborishga tayyor ekanini tasdiqladi. U bu haqda CNN Turk telekanali efirida ma’lum qildi.

“Bizning prezident bu haqda Qorabog‘dagi vaziyat ziddiyatli tus olgan birinchi kundan ma’lum qilgan edi. Turkiya ikkilanmaydi, bizning prezident ikkilanmaydi”, dedi Oktay.

Bir muddat ilgari Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan fransuz telekanaliga bergan intervyusida Turkiyani mintaqadagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga intilishiga izoh berdi. Armaniston yetakchisining fikriga ko‘ra, Anqara Kaspiy dengizidagi energiya oqimlarini nazorat qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.