Turkiyada AQSh va Rossiya delegatsiyalari muzokaralar o‘tkazilayotgani aytilmoqda
- 14.11.2022 22:40
- 81
- Xorij
AQSh va Rossiya delegatsiyalari Ukrainada urush boshlanganidan beri Anqarada ilk muzokaralarini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda. Shu bilan birga Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotni na tasdiqlagani va na inkor qilgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, uchrashuv haqida avval e’lon qilinmagan.
Rossiyalik jurnalistlarning yozishicha, muzokaralarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin, AQShdan esa, Aleksey Venediktovning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns ishtirok etmoqda.
Ilgari xabar berganimizdek, 9 noyabr kuni Politico jurnalistlari vaziyatdan xabardor ikki manba ma’lumotlariga tayanib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yumshatganini xabar qilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa