Turkiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yil davlat arbobi”, deb topildi

Turkiyaning Ipakyolu strategik tadqiqotlar markazi va Broadcasting group tomonidan tashkil etilgan marosimda Turkiya dunyosiga qo‘shgan hissasi uchun bir qancha siyosatdon, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.

“Yilning davlat arbobi” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib ko‘rildi. Mukofotni Prezidentimiz nomidan yurtimizning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi. 

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha Qirg‘iziston, Gagauziya, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon davlatlarining konsullari ham diplomatik korpus vakillari mukofotlarni qabul qilib oldi.

Bu haqda Turkiyaning ”Sondakika” nashri xabar berdi.

O‘zA.