Turkiyada talabalar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, qurbonlar bor
- 22.05.2022 14:45
- 180
- Xorij

Turkiyada avtobus halokatida kamida 2 kishi (talaba) halok bo‘ldi, 42 kishi jarohat oldi, ulardan 5 nafari og‘ir. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Baxtsiz hodisa mamlakatning markaziy qismidagi Nig‘de provinsiyasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Adana shahridan Koniyaga talabalarni olib ketayotgan shaxsiy avtobus haydovchisi uchastkalardan birida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.
Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Politsiya tergov ishlarini olib bormoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand