Turklar Yevropa befarqligidan g‘azabda: "Bu nimasi? Bolgarlar YeIda, gruzinlar YeIda. Faqat biz emas... kulyapsizmi?"

Yevropa Ittifoqi Ukrainadan keyin yangi davlatlar ittifoqiga kirish jarayonini boshlash uchun tugmachani bosgan ko‘rinadi. Moldova va Gruziyaga Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lidagi ilk qadamning bir qismi sifatida to‘ldirish uchun zarur blankalar berildi.

Turkiyaning En Son Haber gazetasi o‘quvchilari Ukrainadan keyin Moldova va Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni boshlanganidan norozilik bildirishdi.

Yevropaning kengayish va qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha komissari Oliver Varxeli dushanba kuni ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirlariga Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini boshlash uchun so‘rovnomalar topshirdi. Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Kiyevga tashrifi chog‘ida Vladimir Zelenskiyga ham xuddi shunday hujjat bergan edi.

Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Bryusselning bunday harakatlarini tanqid qildi, ba’zilar esa Anqaraning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish urinishlarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda:

“Malayziya, Indoneziya, Filippin, Tayvanni unutmang!” deb istehzo qildi bir foydalanuvchi.

"Turkiya Respublikasi qabul qilinmaydi, qabul qilishga harakat qilishsa, Yevropa Ittifoqi qulaydi. Yevropa Ittifoqiga bo‘lgan bu muhabbatdan voz kechish vaqti kelmadimikan?".

"Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik arizasini zudlik bilan bekor qilishi kerak. Qanday safsata? Bolgarlar - YeIda, gruzinlar - YeIda. O‘ng va chap tomon - hamma YeIda, lekin sen emas. Kulyapsizmi?”...

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi. Ertasi kuni Yevroparlament mamlakatga nomzod maqomini beruvchi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi. Moldova va Gruziya ham xuddi shunday arizalarni 3 mart kuni topshirdi.