Tushlikka qum, bu Ramning kundalik ovqat ratsionining ajralmas qismidan joy olgan

Hindistonlik qariya Ram Rati kuniga bir kilogacha oddiy sariq daryo qumini tanovul qiladi. Kampir buni kundalik ovqat ratsionining ajralmas qismi hisoblaydi. Nonushta, tushlik oldidan albatta avval qum, iste’mol qiladi.

«Yoshligimda bir kuni sho‘xlik qilib qum tatib ko‘rgan edim, - deydi onaxon kulib, - o‘shandan buyon qum yemasam turolmayman. Qarindosh-urug‘larimning bu odatimni tashlashga bergan tanbehlari behuda ketdi».

Jazavang qo‘zisa barga bor!

Hayotimiz bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashish bilan to‘la. Xo‘sh, xotirjam bo‘lish uchun nima qilish kerak? Xitoyda uning yo‘lini topishdi.

Szyansu provinsiyasidagi Nankin shahri aholisi asabiylik – jazava qo‘zishdan xotirjam bo‘lish uchun barga borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Barda o‘zingizni bosib olishingiz uchun barcha imkoniyatlar: idish-tovoqni uloqtirib, stol-stulni to‘ntarishingiz, istagancha baqirib-chaqirishingiz, hatto ofitsiantlarni do‘pposlashingiz mumkin.

Darvoqe, buning uchun barda 20 ta baquvvat yigitlar ishga yollangan.

T.Shomurodov tayyorladi.