Tuyaqushning yugurish tezligi soatiga necha kilometr?

🔹 Fransiyada farroshlar o‘rniga qarg‘alar ishlaydigan park bor. Parrandalar Vandey mintaqasida joylashgan Pyui dyu Fu bog‘ni aylanib o‘tib, tashlangan axlatlarni yig‘ib, maxsus qutilarga solishga o‘rgatilgan.



🔹 Birlashgan Arab Amirliklarida topilgan Goniurellia tridens pashshasining qanotlarida yana ikkita chivin surati bor. Bu pashshaga o‘zini “chivinlar podasi” qilib ko‘rsatib, boshqa yirtqichlardan himoya qilishga yordam beradi.



🔹 Tuyaqushlar tezlikni soatiga 70 kilometrgacha oshira oladi.

🔹 Jirafalar kuniga atigi ikki soat uxlaydi. Odatda ular o‘z sag‘risidan yostiq sifatida foydalanishadi.



🔹 Flamingo (qizil g‘oz) patlarining rangi tabiiy ravishda pushti emas – ular bu rangga krevetkalar iste’moli orqali erishadi.

🔹 Flamingolar nima uchun bitta oyoqda turishini hech kim bilmaydi, nazariyaga ko‘ra, bu ovqatlanish paytida suvda turganida ko‘proq issiqlikni saqlash uchun qilinadi. Boshqa bir nazariya bu oyoqlar yukini almashtirish uchun qilinishini ta’kidlaydi.

🔹 Taqal burgut filmlarda ko‘rsatiladigan tovushlarni chiqarmaydi – bu qush faqat chirillaydi, kinoda dramatizatsiya uchun qizil lochinning yasama qichqirig‘i kiritiladi.

🔹 Ba’zi issiq qonli hayvonlar tug‘ruq vaqtini kechiktirishi va homiladorlik muddatini uzaytirishi mumkin. Bu usuldan ko‘pincha ayiqlar, kiyiklar, dengiz mushugi va yana bir necha hayvonlar foydalanadi.

🔹 Meduzalarda miya va qon tomirlari yo‘q.

🔹 Populyasiyasida urg‘ochisi bo‘lmasa, erkak masxaraboz-baliq o‘z jinsini o‘zgartirishi mumkin.



🔹 Anabas sayozlashgan hovuzdan chiqib, boshqa suv omboriga yetib borish uchun sudralganda, atmosfera kislorodi bilan nafas olishga qobir bo‘lgan yagona baliqdir.

Bahora to‘pladi.