Uchadigan odam

Uning ismi-sharifi - Deniyel Xyum. 1833 yilda Edinburg shahri (Shotlandiya)da tug‘ilgan.

To‘qqiz yoshida xolasi Xili uni AQShga olib ketgan. Jiyani unga g‘alati tuyulgan, bir necha yildan keyin Deniyel bilan tushunib bo‘lmaydigan hodisalar ro‘y bera boshlagan. Uning g‘ayrioddiy iqtidori birinchi marta 1852 yilda sodir bo‘lgan. Konnektikut shtatida Xartvordeda medium sifatida namoyish qilingan tomoshada o‘smir bir necha marta havoga ko‘tarilib, qo‘li bilan shiftga tekkan va hammani hayratda qoldirgan.

Iste’dodli o‘smir tezda boyvachcha homiylar topadi va seanslar tashkil etib, Amerikani lol qoldiradi. 1855 yilda Angliyaga qaytib "ko‘hna dunyo"da nom qozonadi. U nafaqat o‘zi yuqoriga ko‘tarilgan, balki oyog‘idan ushlagan tomoshabinlarni ham havo ko‘targan. Eng hayratlisi, Deniyel Londondagi bir uy derazasidan uchib chiqib, boshqasidan qaytib chiqqan.

Даниэль юм. Даниэль Дуглас Хом(Хьюм). «когда он висел над нами, я мог  обхватить руками его ноги»

U havoga og‘ir narsalarni ham ko‘tarib hammani hayratda qoldirgan. Zalni orqa burchagida turib sahnada stol ustida turgan salfetkani olgan yoki ko‘rinmas qo‘l yordamida (tomoshabin faqat qog‘ozga yozayotgan ruchkani ko‘rgan) xat yozgan. Atigi 53 yil yashagan Xyumni hiylakorlikda hech kim ayblay olmagan. Fizik olimlar, tadqiqotchilar turli yo‘llar bilan uni tekshirib, sinab ko‘rishgan. Biroq uning ekstrasens qobiliyatida zarracha firibgarlik harakatlarini aniqlay olishmagan. Parapsixologlar Yer yuzida yashayotgan ekstrasenslar ichida eng iste’dodli daho bo‘lgan Xyumga teng keladigani hali bo‘lmaganini ta’kidlashadi.

T.Shomurodov tayyorladi.