“Uddaburon” tadbirkorning faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan nazorat tadbirlarida tegishli hujjatsiz faoliyat yuritayotgan ayrim fuqarolarning noqonuniy faoliyati fosh etilmoqda.

Jumladan, viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tashkil etilgan nazorat tadbirida fuqaro O.D davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

-Afsuski daromad olishga aqli yetgan, ammo faoliyatini qonuniylashtirmagan uddaburon “tadbirkor”lar hamon uchrab turibdi,-deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi Salim Mamatqulov.- Fuqaroga faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha huquqiy maslahat berildi. Uning 9 turdagi, jami qiymati 72 290 000 so‘mlik pishiriq va shirinliklar uchun mo‘ljallangan qutilari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Samarqand viloyati DSB

jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy axborot sho‘’basi.