Ularning sharafiga kasalliklar nomlangan

Inson o‘zining iste’dodi tufayli mashhur bo‘lishi mumkin. Kimdir rasm chizadi, boshqasi esa ajoyib ovozga ega. Biroq hayotda o‘zi duchor bo‘lgan kasallik tufayli shuhrat qozonib nom qoldirganlar ham bor.

Daltonizm
Juda taniqli kasallik. Daltonizm bilan og‘rigan odam qisman rangli ko‘rlikka ega, boshqacha qilib aytganda ranglarni ajrata olmaydi. Bemor qizilni kulrang, yashilni esa jigarrang kabi qabul qiladi.

Джон Дальтон

Atom nazariyasini rivojlantirish bilan shug‘ullangan va tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatgan Jon Dalton bu kasallikdan bexabar bo‘lgan. Botanika bilan qiziqqanidan keyingina o‘zida ranglar to‘g‘risida o‘ziga xos tushuncha borligini anglagan va gulning rangi kunning vaqtiga qarab o‘zgarib turishini payqab olgan. Bu uni shunchalik ajablantirdiki, darhol yangilikni o‘z akasi bilan baham ko‘rdi. Birodari ham Jon kabi ranglarni aynan shu tarzda ko‘rishini aytdi. Hamkasblariga ushbu kuzatuv to‘g‘risida aytganidan so‘ng o‘zi va akasi boshqalarga o‘xshamaydigan ekanligi aniqlandi.

Jon keyinchalik uning nomi bilan atalgan kasallikni batafsil bayon qildi. Aniqki, Daltondan tashqari boshqa odamlarda ham bu kasallik bo‘lgan. Biroq, ularda ranglar idrokini muhokama qilishga imkon bo‘lmaganligi tufayli Jon Dalton kashshof sifatida tanildi.

Van Gog sindromi
Ruhiy buzuqlik yoki alkogolizm tufayli o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishni istaganlarga ushbu sindrom tashxisi qo‘yiladi.

Shifokorlar buyuk rassom Van Gog haqidagi zamondoshlari maktublari va sharhlarini o‘rganib chiqib, u ruhiy kasal bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi.
Ushbu kasallik vaqti-vaqti bilan o‘zini namoyon qiladi va kishiga o‘z tanasiga zarar yetkazish istagida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, kunlarning birida taniqli rassom ma’shuqasiga o‘zining kesilgan qulog‘ini sovg‘a sifatida tortiq qilgan.

Stendal Sindromi
Stendal taxallusiga ega yozuvchi Mari Anri Bayl nomi bilan atalgan sindrom o‘zini katta to‘plamdagi san’at asarlarini tomosha qilish paytida tez yurak urishi va gallyusinatsiyalar paydo bo‘lishida namoyon qiladi.

Мари-Анри Бейль

Stendal birinchi marta Italiyaga tashrif buyurganida uni hadsiz sevib qolgan. O‘zi Napoleon armiyasining askari bo‘lganiga qaramay, Italiya go‘zalligini ko‘rib to‘satdan hushidan ketdi. Keyinchalik, italiyalik psixiatrlar ko‘plab shunga o‘xshash holatlarni tahlil qilib, bu tasodif emas, balki Stendal kasalligi degan xulosaga kelishdi.

Bezgakli Meri

Bu kasallik emas, balki bizga tarixdan kelgan aniq belgilangan bir ifodadir. Gap shundki, oshpaz Meri ich terlama (bezgak, tif) kasalligi tashuvchisi bo‘lib, u bexosdan 47 kishiga yuqtirgan. U bir necha ish joyini o‘zgartirdi va har bir joyda tif bilan kasallangan holatlar qayd etilgan. Ayblovlardan so‘ng Meri o‘z ishtirokini rad eta boshladi. Tibbiyot esa uni kasallik tashuvchisi ekanligini isbotlay oldi, shundan so‘ng u o‘z yo‘nalishida ishlay olmasdi. Ushbu voqeadan so‘ng yuqumli ekanligini rad etgan har bir odam bezgakli Meri deb atalib kelinadi.

Myusse sindromi

Альфред Мюссе

Yozuvchi Alfred Myusse yoshi o‘tgan sari o‘zida bir xususiyatni seza boshladi, u yuragi urishi bilan bir maromda ongsiz ravishda boshini silkita boshladi. Bu kasallik qon oqimining tomirlar orqali noto‘g‘ri og‘ishi natijasida hosil bo‘ladi. Keyinchalik aorta yetishmovchiligi bo‘lgan odamlarda Myusse sindromi tashxisi qo‘yila boshlangan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.