Umuman uxlamaydigan bola

G‘alati odatlarga ega «g‘aroyib» kishilar haqidagi dastlabki maqolamizda gollandiyalik "muz odam" - Vim Xof haqida yozgan edik. Endi 2-3 yillab uxlamagan g‘aroyib bola haqida o‘qiysiz.

2006 yilda amerikalik Shennon va Devid Lemblar oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Rett ismli bu bolakay g‘aroyib qobiliyat bilan tug‘ildi. Bola kechayu kunduz uxlamas edi. Dastlab ona-onasi uning tinimsiz yig‘layotgani tufayli uxlay olmayapti, deb o‘ylashdi. Shu sabab ko‘rsatmagan, tekshirtirmagan olimu shifokorlar qolmadi. Ammo hech kim bolakayning nima uchun uxlamasligi siri bilisholmadi. U ham boshqa tengdoshlari kabi o‘ynaydi, yuguradi, maktabga boradi. Ota-onasi, do‘stlari bilan sayr qiladi. Biroq kechasi hamma uxlaganda, Rett bedor tong ottiradi. Hozirda u 14 yoshda, umri davomida biror marta mijja qoqmagan. Bundan u zarar ko‘rgani ham, kasal bo‘lgani ham yo‘q. Dunyoning eng kuchli shifokorlari ham uning nima uchun uxlay olmayotganligini tushuntirib berolmadi.

Keyinchalik bola tug‘ilganida bosh miyasida biroz siljish yuzaga kelganini, aynan miyaning shu qismi uxlatish uchun javobgar bo‘lishi aniqlandi. Hatto unga Arnold-Kiari kasalligiga chalingan degan xulosaga ham kelishdi.

Dilmurod To‘xtayev tayyorladi.