Universitet xiyobonida daraxtlarga zarar yetkazildi - huquqbuzarlarga jarima qo‘llanilgan

Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar asosida viloyat ekologiya bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Samarqand shahar ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganishlar natijasida shahardagi Alisher Navoiy mahallasi hududida «Brasseriye Kiparis Group» MChJ quruvchilari tomonidan qurilish jarayonida xandaq qazish ishlari olib borilganda 2 tup ko‘p yillik chinor va 1 tup aylant daraxti ildiziga jiddiy shikast yetkazilgani aniqlangan.

Xabar qilinishicha, huquqbuzar fuqaro R.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.