Urgutda aylanasi 22 odamning qulochiga sig‘adigan chinor «Davlat tabiat yodgorligi», deb e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining "Yoshi 100 va undan oshgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish va ularni davlat tabiat yodgorliklari, deb qabul qilingan daraxtlarni muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga kiritish" yuzasidan berilgan topshirig‘iga asosan Urgut tumani hududida mavjud bo‘lgan jami yuzlab tup tut, yong‘oq, chinor va tol daraxtlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan "Davlat tabiat yodgorligi", deb e’lon qilinmoqda.
Masalan, yaqinda Omonqo‘ton mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 600 yoshdan katta bo‘lgan, kengligi 22 odamning qulochiga teng bo‘lgan chinor daraxti tuman hokimligiga davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etildi.
Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.