Urgutda “geroin”ni pullayotgan shaxs ushlandi
- 11.08.2020 11:30
- 382
- Jinoyat va jazo
2020 yil 5 avgust kuni soat 10:00 larda Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Urgut tumani Satang mahallasida yashovchi 1955 yilda tug‘ilgan M.S., A. ismli shaxsga jami 1.200.000 so‘m pul evaziga ikki dona sellofan bo‘lagiga qadoqlangan 0,19 gramm miqdordagi “geroin” giyohvandlik moddasini sotgan.
Shu kuni M.S. ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilingan vaqtida yonidan 1.200.000 so‘m pullar topilib, hujjatlashtirilib olindi.
Mazkur holat bo‘yicha Urgut tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa