Urgutda haydovchi velosipeddagi 5 yoshli bolani urib yubordi
- 18.08.2020 19:05
- 227
- Sport
2020 yil 17 avgust kuni soat taxminan 16:00 larda Urgut tumani Ipakli mahallasining ichki yo‘lida, Urgut tumani A’loxotin mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zining Moskvich-412 rusumli avtomashinasini Ipakli-Jozmon yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, velosipedda yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan 2015 yilda tug‘ilgan Z.Sh.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
5 yashar bolakay olgan tan jarohatlari oqibatida Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston-YuNESKO hamkorligi: asosiy fakt va raqamlar
- 60 daqiqa avval
- Samarqand
Mutolaa: Oyjon yanga
- Kecha, 19:07
- Mutolaa
Echkining haqi
- Kecha, 19:01
- Mutolaa