Urgutda jamoat transporti – avtobuslar harakati tiklandi

Epidemologik vaziyatni hisobga olgan holda 2020 yil 26 iyun holatiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumani “sariq” toifadagi hudud, deb belgilandi. Shu munosabat bilan tumanda bir qancha korxonalar faoliyatini qayta tikladi.

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Urgut tumanida 30 iyun sanasidan boshlab avtobuslarga yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

“AVTOTRANS URGUT” DUK tomonidan 13 ta yo‘nalishda 26 ta avtobus Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘yilgan talablar asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatyapti, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati.