Urgutda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Kecha, 9 iyun kuni soat 10:00 larda Urgut tumanining "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.J.ga tegishli bo‘lgan "ZIL" rusumli transport vositasiga ortilgan 400 dona somon presi yonib ketgan.

Haydovchi yuk mashinasiga me’yorlardan ortiq balandlikda somon ortgani uchun harakatlanib ketayotgan vaqtida elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan.

Shundan so‘ng, ular elektr simini tepaga ko‘tarmoqchi bo‘lishganida qisqa tutashuv hamda chaqnash sodir bo‘lgan va somon toylar yonib ketgan.

Yong‘in tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Viloyat IIB boshqarmasi axborot xizmati xabar (https://t.me/iibpress/634)iga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.