Urgutdagi xonadon yerto‘lasidan 5 kiloga yaqin giyohvandlik moddasi topildi
- 18.06.2019 14:07
- 587
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand viloyatida “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli B.A.ning uyi yerto‘lasidan 4 kg. 635,69 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
giyohvand modda
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yo‘l qoidasiga qat’iy amal qilasizmi?
- Kecha, 15:46
- Jamiyat