Urgutdagi yaroqsiz elektr simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi

Joriy yilning 16 dekabr kuni saytimizda “O‘quvchilar hayotiga xavf solib turgan simyog‘och almashtiriladimi?” sarlavhasi bilan e’lon qilingan maqolaga “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatidan javob oldik.

Unda jumladan, shunday deyiladi:

“Urgut tumani “Dehqonobod” elektr tarmoqlari korxonasi hududida, “Ipak yo‘li” (Qizilbosh) mahallasida joylashgan, 112-maktab yonidan o‘tgan 10 kVli “Tersak” tarmog‘ining 156 va 157-anker tayanchlari 1968 yilda qurilgan. Hozirgi paytga kelib, tayanchlar yaroqsiz holga kelib qolgan.

Maqolada ta’kidlangan masala “Samarqand HETK” AJ hamda Urgut tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari tomonidan o‘rganilib, hududdagi yaroqsiz holga kelib qolgan 5 ta tayanch simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.