Uxanning deyarli barcha aholisi COVID-19ga testdan o‘tkazildi
2019 yil oxirida koronavirus epidemiyasi boshlangan Xitoyning Uxan shahri ma’muriyati yakshanba kuni deyarli butun aholi uchun COVID-19 testini yakunlab, 11,28 milliondan ortiq aholini tekshirdi, deya xabar beradi Sinxua axborot agentligi.
O‘tgan haftaning seshanba kuni shahar ma’muriyati bir nechta yangi yuqtirish holati aniqlangach, Uxanning barcha aholisini koronavirusga tekshirishga qaror qilganini e’lon qildi. Shunday qilib, sinov o‘tkazish uchun besh kun kerak bo‘ldi.
Uxan hukumati kotibi o‘rinbosari Li Taoning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar shahar aholisini (olti yoshgacha bo‘lgan bolalar va yozgi ta’tilga ketgan talabalar bundan mustasno) "deyarli to‘liq qamrab olishga" muvaffaq bo‘lishdi.
Shanba kunigacha Uxanda 37 ta COVID-19 yuqish holati, shuningdek, 41 ta belgilarsiz infeksiya tashuvchisi aniqlandi. Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, test sinovlariga 28 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari jalb qilingan.
Xitoy qattiq karantin choralari tufayli mamlakatda epidemiya tarqalishini tez va samarali nazorat qila oldi. Uzoq vaqt davomida mahalliy infeksiya deyarli yo‘q edi, aniqlangan barcha holatlar asosan chet eldan olib kelingan. Biroq Nankin xalqaro aeroportida boshlangan yangi epidemiya allaqachon mamlakatning boshqa bir qancha shahar va viloyatlariga tarqaldi.