Uyatli rasmlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

2021 yil 16 yanvar kuni Urgut tumani ichki ishlar bo‘limiga tumanning Quyi Algar mahallasida yashovchi X. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Surxondaryo viloyatida yashovchi X.U. telefon qilib, qaynsinglisini o‘zi bilan tushgan uyatli fotosuratlari borligi, ushbu fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 800 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2020 yil 17 yanvar kuni, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi “Samarqand-Toshkent” avtobekati oldida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida X.U. ariza muallifidan qonunga xilof ravishda 500 AQSh dollari va 1,6 million so‘m pullarni olib, uyatsiz fotosuratlari mavjud bo‘lgan telefon apparatini X. ga bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.