Uyqu sifatini yaxshilashning 7 ta oddiy usuli
🔹 Uyquga ketish va uyg‘onish jadvalini tuzing. Buning uchun siz har kuni bir vaqtda uxlash uchun yotishingiz va uyg‘onishingiz kerak bo‘ladi. Bu o‘rnatilgan tartibdan ish kunlarida bir soatdan, dam olish kunlarida esa ikki soatdan ortiq muddatga og‘ishmaslikka harakat qiling.
🔹 Yorug‘likni nazorat qiling
Kunduzgi payt xonaga iloji boricha ko‘proq quyosh nuri tushib tursin. Binoda tabiiy yorug‘lik mavjud bo‘lmasa, yorqin oq nurli lampalardan foydalanishingiz mumkin. Uyquga ketish oldidan esa xonani to‘liq qorong‘u qilish tavsiya etiladi.
🔹 Binoning kechki yoritilishiga e’tibor bering
Uyqu paytida xonadagi har qanday yorug‘lik miyaga kunduzi ekanligi haqida noto‘g‘ri signal beradi. Bu uni hushyorlikka chaqiradi va uyquni tartibga soluvchi gormon melatonin ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababdan ham qop-qorong‘u xonada uxlash yoki xira tunchiroqlardan foydalanish zarur.
Oqilona ovqatlaning
Yotishdan uch soat oldin ovqatlanmaslikka harakat qiling. Kunlik tamaddining eng ko‘p miqdori kunning metabolizm eng faol bo‘lgan vaqtida iste’mol qilinishi kerak.
🔹 Gadjet va teleekranlar vaqtini boshqaring
Yotishdan ikki soat oldin yorqin chiroqlar o‘chirilishi, tunchiroqlarga o‘tilishi va turli smart vositalardan foydalanish to‘xtatilishi zarur. Televizor, planshet, telefon va kompyuter ekranlari, hatto maxsus ilova va ko‘zoynakdan foydalanish ham uyqu uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🔹Kun tartibingiz bo‘lsin
Kunni tundan ajratadigan o‘tish vaqtini yarating. Yotishdan oldin turli meditatsiyalar, taskin beruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning. Bu ong va tanani tinchlantirishning yaxshi usuli.
🔹Iliq dush qabul qiling.
Uyqudan avval poklanib yotish tanaga kecha davomida o‘zini tiklashiga yordam beradi. Yotish oldidan qabul qilingan iliq dush yoki hammom uyqu sifatini yaxshilaydi. Bu samarali uyquning asosiy jihatlaridan.