UzAuto Motors avtomobillarini imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun jihozlashni boshladi
- 16.01.2020 08:56
- 192
- O‘zbekiston

UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jihozlashni boshladi.
«Qo‘lda boshqarish qurilmasi xaridorning buyurtmasiga asosan “Cobalt”, “Gentra” hamda “Spark” rusumli avtomobillarga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi. Qurilma O‘zbekiston Davlat standartlashtirish agentligining barcha talablariga javob beradi.
Tayanch-harakat a’zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan», deyiladi UzAuto Motors xabarida.
Uskunani o‘rnatish bo‘yicha savollar bilan vakolatli dilerlarga murojaat qilish mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Registrator ofisida 60 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda
- 40 daqiqa avval
- Samarqand
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- 48 daqiqa avval
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- 54 daqiqa avval
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- 1 soat avval
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat