“UzAuto Motors” LTZ komplektatsiyali yangi “Chevrolet Malibu” uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi
“UzAuto Motors” kompaniyasi rasmiy dilerlari O‘zbekistonda ikki litrlik turbo dvigatelli mashhur “Chevrolet Malibu” biznes-klass sedanining yangi qo‘shimcha LTZ komplektatsiyasi uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi.
LT komplektatsiyasi bilan taqqoslaganda yangi avtomobilda mijozlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud. Masalan, takomillashtirilgan 9 dinamikli premium ovoz tizimi, uskunalar panelidagi rangli displey, old va orqa o‘rindiqlarni shamollatish hamda isitish tizimi, zaryadlash uchun ikkita USB port, tez ko‘tariladigan old oynalar, svetodiodli LED yoritgichlar.
Mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish joriy yilning dekabr oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chevrolet Malibu” - tejamkor, texnologik va xavfsiz avtomobil. Avtomobilning ikki xil turbo dvigatelligi mavjud - 1,5 litr hajm va 166 ot kuchi hamda 253 ot kuchi bilan 2,0 litr. Ikkala dvigatel ham 6 bosqichli avtomat uzatma bilan jihozlangan.
Avtomobilning batafsil texnik xususiyatlari va narxlari bilan “UzAuto Motors”ning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.