Uzbekistan Helicopters yangi Airbus vertolyotlarini taqdim etdi

Uzbekistan Helicopters tijoriy maqsadlar uchun yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz. Shuningdek, avvalroq keltirilgan ikkita MI-8MTV vertolyotlari ham namoyish etilgan.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning yil yakuniga qadar yana ikkita vertolyot xarid qilish rejalashtirilganini aytdi. «Bundan buyon Uzbekistan Airways va Uzbekistan Helicopters kompaniyalari faqat yo‘lovchilar uchun ishlaydi», dedi u.

Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 4 kishilik Airbus H125 vertolyotida 1 soat parvoz qilish 12 million so‘m atrofida bo‘ladi.

Taqdimotdan so‘ng OAV vakillari va blogerlar Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yo‘nalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.