Uzoq vaqt aeroportlarda qolib ketgan kishilar (ba’zilari hozir ham u yerda yashaydi)

Ehtimol har bir kishi hayotida kamida bir marta aeroportda o‘zi rejalashtirganidan ko‘proq vaqtini o‘tkazgan. Biroq bir necha oy, ba’zida esa o‘nlab yillar davomida aeroportda yashashga majbur bo‘lgan odamlar bor, ayrimlari esa shu kungacha hatto tashqariga chiqolmay tranzit zonasida yashashda davom etmoqda.

Gollivud prodyusseri Stiven Spilbergning “Terminal” filmini suratga olishga ilhomlantirgan 18 yil Parij aeroportida yashagan mashhur eronlik qochqin Mehran Nasseri to‘g‘risida yozgan edik.
Bugun dunyoning turli burchaklaridan kelib, turli xil sabablar tufayli aeroportlarda qolib ketgan yana bir necha voqealar haqida so‘z yuritamiz.

9 человек, которые застряли в аэропортах на долгое время (А кто-то живет там до сих пор)

Denis Luis de Souza 16 yoshlik o‘spirinligida aeroportga kirib 19 yildan beri u yerdan chiqmaydi
Deyarli 20 yil davomida Denis Luis de Souza San Paulu xalqaro aeroportidan chiqmaydi, u yerga o‘gay onasi bilan kelib chiqqan ziddiyat tufayli ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Denis Braziliyadan hech qayerga uchishni rejalashtirmagan va hozirgi yashash joyidan juda mamnun.
Bugun 35 yoshlik braziliyalik aeroportda yashashni davom etyapti va uning tashqarisida nima bo‘layotganini bilishni istamaydi.

Sanjay Shoh – fuqarolikdan voz kechib hech qayerga ucha olmadi

9 человек, которые застряли в аэропортах на долгое время (А кто-то живет там до сих пор)

Keniyalik Sanjay Shoh 2004 yilda Buyuk Britaniyaga immigratsiya qilish huquqiga ega bo‘lmagan chet el pasporti bilan kelganida unga kirish huquqi berilmagan. Muammo shundaki, u Yevropaga sayohat qilishidan oldin o‘z pasportidan voz kechgan, shu sabab Shoh vataniga qaytishga imkon beradigan fuqaroliksiz qolgan. Sanjay Nayrobi aeroportining jo‘nash zallari va immigratsiya peshtaxtalari o‘rtasida harakatlanib, 437 kun yashashiga to‘g‘ri keldi. Ommaviy axborot vositalarining diqqati va jamoatchilik ko‘magi tufayli Sanjay Shoh hozirda oilasi bilan yashab kelayotgan Buyuk Britaniya fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Hasan Al Kontar jang qilishdan ko‘ra terminalning tranzit hududida yashashni tanladi



Suriyalik Hasan Al Kontar 2011 yilda vatanida urush boshlanganida Dubayda ishlab yurardi. Agar u uyiga qaytib kelsa, jang qilishi kerakligini bilgani uchun ish vizasi tugagandan so‘ng BAAda qoldi, keyinchalik 2018 yilning mart oyida Malayziyaga deportatsiya qilindi. Komboja, Malayziya, Turkiya va Ekvadorga kirish taqiqlanganidan so‘ng u Kuala-Lumpur aeroportining tranzit zonasida qoldi.
Kontar 208 kun davomida zinapoya ostida uxladi, nogironlar hojatxonasida yuvindi va yo‘lovchilar tomonidan ehson qilingan ovqatlarni iste’mol qildi.
Hasan Kanadaning Uistler shahridagi ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi va uning Kanadaga ko‘chib o‘tishini tashkil qilgan Laura Kuperni o‘zining xaloskori, deb biladi.

Feng Jengu – uyiga qaytishi taqiqlangan huququshunos

9 человек, которые застряли в аэропортах на долгое время (А кто-то живет там до сих пор)

Xitoylik yozuvchi va fuqarolik huquqlari faoli Feng Jengu 2009 yil noyabr oyida singlisidan xabar olishga Yaponiyaga tashrif buyurgan. Shanxayga qaytib kelganida, chegarada unga mamlakatga kirishi taqiqlanganligi tufayli u Tokioga qaytarilgan.

Shu tarzda Xitoy hukumati bezovta qiluvchi faoldan xalos bo‘lishni istagandi, biroq Feng Yaponiyada qolishni xohlamasdan, o‘z yurtiga qaytishga ruxsat berilishini kutishga qaror qildi.

Feng 86 kun davomida aeroportda o‘z muammosiga dunyo ommaviy axborot vositalari e’tiborini jalb qilish uchun harakat qildi. U “Xitoy fuqarosiga Xitoyga 8 marotaba kirish taqiqlandi” deb yozilgan futbolkani kiyib yurar edi, shu orqali imkon qadar ko‘proq odam uning ahvoli to‘g‘risida bilib oldi. 2010 yilning fevral oyida Xitoy Yangi yili arafasida unga oilasi bilan bayramni nishonlash uchun nihoyat ona shahriga qaytishga ruxsat berildi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.