Varshavada birovning bolasini peshonasidan o‘pgan ukrainalik mahkamaga tortildi: u bir yilga qamalishi mumkin

34 yoshli Ukraina fuqarosi maktabda yurgan bolalardan bittasini peshonasidan o‘pib olgan. Endi u sudlanadi. Bu haqda 19 noyabr kuni dziennik nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oy boshida ukrainalik poytaxtning Vloxa tumanidagi ta’lim muassasalaridan biriga kelgan. Kiyinish xonasiga o‘tib, tanimagan maktab o‘quvchi qizning oldiga borib, uning boshini silab, peshonasidan o‘pgan.

Ukrainalik qo‘lga olingan. U voyaga etmagan bolaning jismoniy daxlsizligini buzganlikda ayblanmoqda. Modda sanksiyasi bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.

Harakatining sababi sifatida ukrainalik tergovchilarga uning g‘arazli niyat bo‘lmaganligini, u shunchaki “Ukrainada qolgan farzandlarini sog‘inib qolganini” aytdi.