Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni viloyatimizda keng nishonlandi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan tadbir Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati bilan boshlandi.

Shundan so‘ng Samarqand viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, Markaziy Harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalar Sohibqiron bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.