“VAZ 2106”ni olib qochgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 13 iyulidan 14 iyuliga o‘tar kechasi soat 01:30 da 28 yoshli A.G. Quyi Chirchiq tumani Beshkent mahallasida yashovchi 33 yoshli A.K.ning hovlisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hovlida turgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasini hech kimdan so‘ramasdan o‘t oldirib, ko‘chaga olib chiqib, Ko‘ksaroy mahallasi tomonga harakatlanib ketgan. A.G. avtomashinani texnik jihatdan nosoz bo‘lib, buzilib qolganligi sababli yo‘l chetida qoldirib, mashinaning chap old eshigi hamda chap eshigidagi oynasini sindirgan va hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xaar berishicha, jinoyat ishi yuzasidan A.G. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisabatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.