Velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi
Joriy yilning 11 may kuni soat 20:30 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 63-kilometrida haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan G‘.M. “Isuzu SAZ NP 21” rusumli avtobusda Sirdaryo viloyatidan Yangiyo‘l shahri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida qarshisidan kelayotgan transport vositalari yoritgichlari yo‘lni ko‘rish imkoniyatini kamaytirgani sababli bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan A.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda velosipedchi A.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar, shahar hududida transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmasligingizni, yaqinni yoritish chiroqlaridan foydalanishingizni, piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.
Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.