Viloyat hokimi oqdaryolik bitiruvchilar bilan dildan suhbatlashdi

Bugun viloyatimizdagi umumta’lim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Oqdaryo tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirayotgan o‘g‘il-qizlar uchun tadbir yanada unutilmas, bir umr yod etishga arzigulik bo‘ldi.

Maktabga viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Oqdaryo tumani hokimi Najmiddin Sulaymonov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva va boshqa rahbarlar bitiruvchilarni tabriklash uchun keldi. Tadbir rasmiylikdan xoli, bitiruvchilar va rahbarlarning jonli muloqoti, unutilmas uchrashuviga aylandi.

Viloyat hokimi bitiruvchilarga Prezidentimiz tabrigida bildirilgan niyat, maqsadlarni alohida ta’kidladi, ular bilan dildan suhbatlashib, orzu-maqsadlari, qiziqishlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda bir guruh pedagog va o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirilib, qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.