Viloyat hokimiga bo‘ysunadigan ijro nazorati bo‘limi tashkil etildi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov “Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qabul qildi.
Mazkur qaror bilan viloyat hokimligi boshqaruv apparatida 3 shtat birligidan iborat Ijro nazorati bo‘limi tashkil etildi.
Bo‘lim shtat birliklari viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhining 1 nafar bosh, axborot-tahlil guruhining 1 nafar yetakchi va ishlar boshqarmasi devonxonasining 1 nafar yetakchi mutaxassislari hisobidan shakllantiriladi.
Ijro nazorati bo‘limi bevosita viloyat hokimiga bo‘ysunadi.
Qarorda yangi bo‘limning vazifalari ham belgilab berilgan.