Viloyatlarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun telemaslahatlashuv tizimi tashkil etilgan
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlakatdagi epedimiologik vaziyat haqida ma’lumot berdi:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 694 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 104 bemorning 28 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 8 nafarining ahvoli og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 108 bemordan 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
Bemorlarning barchasi tegishli tibbiy muolajalarni olyapti. Viloyatlarda davolanayotgan bemorlar uchun Toshkent shahri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri telemuloqot, telemaslahatlashuv tizimi tashkil etilgan. Barcha hududlardagi bemorlar nazoratga olingan.