Xalqaro kredit mablag‘laridan foydalanish uchun qayerga murojaat qilish mumkin?
- Islom taraqqiyot banki mablag‘laridan foydalanish shartlarini tushuntirib bersangiz? Ushbu kredit mablag‘laridan foydalanish uchun qayerga murojaat qilsam bo‘ladi?
S.OLIMOV,
Narpay tumani.
- Islom taraqqiyot banki kredit mablag‘lari halol mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy vosita, xomashyo yoki asbob-uskuna sotib olish maqsadida ajratiladi.
Bank tomonidan loyihalarni amalga oshirish uchun kamida 100 ming AQSh dollaridan 2 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi. Kredit muddati har bitta loyiha bo‘yicha alohida, to‘lov grafigi ham xuddi shunday har 3 oyda bir yoki 4 oyda qilib belgilanadi. Kredit foizlari 8-12 foizgacha.
Chet el hamkordan (akkreditiv asosida) sotib olinadigan mahsulot yoki tovar 100 foiz kelingandan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi, oldindan to‘lovga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, Isroil davlatidan shartnoma qilishga ruxsat etilmaydi.
Bugungi kunda ushbu liniyada resurs mablag‘lari yo‘qligi hamda 2021 yilda tijorat banklarimiz bosh kelishuvni amalga oshirmaganligi sababli bu to‘g‘risida kelgusida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Savolga Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jasur BAHRIYeV javob berdi.