Xitoy o‘zbekistonlik bolalar uchun koronavirus haqida komiks yaratdi
- 10.02.2020 10:59
- 508
- Salomatlik
Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi bolalarga koronavirus nima ekani sodda qilib tushuntirilgan komiks e’lon qildi, deb yozmoqda Sputnik.
Ularda surat va oddiy matn yordamida koronavirus nimasi bilan xavfliligi tushuntiriladi. Shuningdek, uni yuqtirmaslik uchun nimalar qilish lozimligi ko‘rsatilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 37553 kishiga yetgan. Vafot etganlar 813 nafar, sog‘ayib ketganlar 2649 nafar kishini tashkil etadi.
Virus 25 dan ziyod mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada qayd etilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu vaziyatni favqulodda holat deb tan oldi.