Xitoy va Hindiston chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuzaga keldi

Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi Ladakxa chegara hududida qurolli to‘qnashuv yuzaga keldi. Buning oqibatida o‘nlab harbiylar halok bo‘ldi. Bu haqda 16 iyun kuni Aljazeera telekanali xabar berdi.

To‘qnashuv Galvan vodiysida kechki vaqt yuzaga kelgan. Xitoy tomoni Hindiston harbiylarini chegarani kesib o‘tganlikda aybladi va shu sababli o‘t ochish qarori qabul qilinganini ta’kidladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyanning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston harbiylari 15 iyun kuni ikki bor chegarani buzib o‘tishgan va Xitoy harbiylarini hujumga o‘tishga undagan.

Ayni vaqtda ikki tomon harbiylari voqea joyini o‘rganmoqda. Ziddiyatli vaziyatni barqarorlashtirish uchun muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.