Xitoyda COVID-19 infeksiyasi yuqish darajasi yuqori va o‘rta bo‘lgan hudud qolmadi

Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik xavf darajasi 7 may sanasidan boshlab Xitoyning barcha hududlarida past darajaga tushirildi. Mamlakatda yuqori va o‘rta darajali infeksiya yuqish hududlari qolmadi. Bu haqda XXRning markaziy televideniyasida ma’lum qilindi.

Xavf darajasining tushirilishi, mahalliy hukumatlarga kasallik tarqalishining oldini olish choralarini yengillashtirish imkonini beradi. 7 may sanasidan boshlab mamlakatning barcha hududlarida ishlab chiqarish va ish soatlari asta-sekinlik bilan qayta tiklanadi.