Xitoyda ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus suvga qulab tushdi. Qurbonlar bor
- 07.07.2020 21:45
- 104
- Xorij

7 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:45 (8:45 – Toshkent vaqti)da Xitoyning janubiy-g‘arb hududida joylashgan Guychjou provinsiyasida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, muvozanatni yo‘qotgan va suv omboriga qulab tushgan. Halokat oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyasi xabar qildi.
Halok bo‘lganlar orasida bir nafar maktab o‘quvchisi ham bor. Biroq halokat sodir bo‘lgan vaqtda avtobus ichida necha kishi bo‘lgani hozircha aniq emas. Qutqaruvchilar avtobusni suv ostidan chiqarib olishdi.
Suv omborida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Teglar:
Xitoy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo