Xitoydagi kuchli zilzila paytida odamlar halok bo‘lganiga lokdaun sababchi

Xitoyning yirik shahri Chenduda ikki kun avval sodir bo‘lgan va 65 kishining hayotiga zomin bo‘lgan kuchli zilzilaga qaramay, COVID-19 sababli qattiq karantin davom etmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press.

Seshanba kuni ma’muriy markazi Chengdu shahri bo‘lgan Sichuan provinsiyasida 24 soat ichida 138 ta, Xitoyda 1499 ta yangi holat aniqlangan.

Aytilishicha, ikki kun avval Chengdu va Xitoyning g‘arbiy qismidagi boshqa hududlarda zilzila paytida karantin tufayli ko‘p odamlar uylarini tark eta olmagan.

Chengdu Xitoyning aholi soni bo‘yicha oltinchi shahri. 1 iyun kuni 24 milliondan ortiq aholiga ega Shanxayda harakatlanish cheklovlari olib tashlanganidan keyin u lokdaun joriy etilgan Xitoyning eng yirik shahriga aylandi. Biroq, COVID-19 tufayli ikki oylik chora-tadbirlar oqibatlari hali ham Shanxay iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xitoy koronavirus uchun “nol bardoshlik” siyosatiga ega kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu virus yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantinni anglatadi.

Mamlakatda pandemiyaning butun davri davomida 245 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi yuqtirish va 5,2 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgan.

Xitoyda, ayniqsa mamlakatning seysmik faol janubi-sharqida zilzilalar tez-tez sodir bo‘ladi. Iyun oyida Sichuan provinsiyasida ro‘y bergan zilzilalarda to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar jarohatlangan edi.