Xitoydagi restoranda yuz bergan portlash oqibatida 34 kishi jarohatlandi
- 19.11.2020 13:00
- 87
- Xorij
Xitoyning janubi-sharqi, Xunan viloyatida joylashgan Milo shahridagi restoranlarning birida yuz bergan portlash oqibatida kamida 34 kishi jarohatlandi. Bu haqda Global Times nashri xabar berdi.
Portlash oqibatida jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yetkazib borilgani ma’lum qilingan. Bundan tashqari, hodisa sabablari bo‘yicha tergov-tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hozircha portlash sabablari haqida aniq ma’lumot mavjud emas.