Xitoydan O‘zbekistonga virusni aniqlaydigan 200 mingta test-tizimi olib kelindi

Joriy yilning 28 mart kuni respublikada koronavirusning keng tarqalishini bartaraf etish maqsadida Davlatimiz rahbarining koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratgan mablag‘lari hisobiga (27,8 milliard so‘m) virusni aniqlaydigan 200 mingta test-sistemasi hamda 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olindi va harbiy havo kemasida olib kelindi.

Olib kelingan yukning umumiy og‘irligi 20 ga yaqin tonnani tashkil etadi.

Ushbu maxsus reysda Xitoy Xalq Rspublikasi tomonidan berilgan 2,5 milliard so‘mlik har xil turdagi tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

Bundan tashqari, 31 mart kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 16 milliard so‘mlik, 3 aprelda esa qo‘shimcha 45 milliard so‘mlik tibbiy texnika va himoya vositalari koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olinadi va harbiy havo kemasida olib kelinadi.

Xorijiy tajribani keng o‘rgangan holda sog‘liqni saqlash xodimlari uchun alohida 2 darajali, ya’ni qizil zonaga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilishga ham e’tibor qaratilgan.