Xitoyga misli ko‘rilmagan inqiroz tahdid solyapti

Xitoyni ommaviy ravishda yirik transmilliy kompaniyalar tark eta boshladi. Bu jarayon AQSh prezidenti o‘z ishlab chiqarishlarini Xitoydan Amerikaga ko‘chirgan firmalarni moliyaviy rag‘batlantirish choralarini e’lon qilgandan keyin kuchaydi.

Xitoy ishchi kuchidan foydalanishni davom ettiradigan kompaniyalar esa hukumatning muhim shartnomalaridan mahrum qilinadi. Xitoy rahbarlari mamlakat AQSh rahbarlari xohishiga qanchalik bog‘liqligini endigina anglab yetishdi. Xitoy jahon bosh fabrikasi maqomini yo‘qotishi mumkin.

Tramp amerikaliklarga yaqin o‘n oy ichida 10 million yangi ish o‘rni yaratilishini va’da qilmoqda. “Biz Xitoyga bog‘liqlikdan batamom voz kechamiz”, dedi u.

“Mir novostey” (2020 y, 34-son) asosida T.Murod tayyorladi.