Xitoylik ishbilarmonlar Samarqandda
- 13.07.2019 11:44
- 194
- Samarqand

XXRning xorijiy korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy assotsiatsiyasi (SODA) bosh kotibi Xe Chjenvey boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida qator hamkorlik shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda Yoshlar markazida delegatsiya a’zolari viloyatimizda investitsiya loyihalarining imkoniyatlari va istiqbollari mavzusidagi taqdimot namoyishida ishtirok etmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida XXRning xorijiy korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy assotsiatsiyasi (SODA) bosh kotibi Xe Chjenvey va viloyat hokimi E.Turdimovning uchrashuvi rejalashtirilgan.
Shuningdek, mehmonlar “Agromir” kompaniyasi, “Sam Antep Gilam” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishadi. Dasturda tarixiy obidalarga ham tashrif belgilangan.
Alisher ISROILOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sohil bo‘yidagi ona
- 1 soat avval
- Mutolaa
Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?
- Bugun, 15:00
- O'qing, qiziq!
Bitta daraxt qurisayam, mas’ullar javob beradi
- Bugun, 12:06
- Samarqand